Lamela: "Messidek futbolchi boshqa hech qachon bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamela "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Leo - Argentina terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi, u bizga futbolchi va jamoadosh sifatida ko'p narsa bera oladi. U biz bilan birga o'ynashi muhim. Leo bilan g'alaba uchun imkoniyatlarimiz oshadi.

Messi - men birga shug'ullangan va o'ynagan eng yaxshi futbolchi. U gollarni osonlik bilan uradi, o'ylaganini amalga oshiradi. U kabi futbolchi boshqa hech qachon bo'lmaydi" - deydi Lamela.

Lionel Messi joriy mavsum LaLiganing 4ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Omnisport