Lallana uchun kurashdagi favorit klubning nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 apr 2020, 14:14
Angliyalik futbolchi sobiq murabbiyi bilan ishlashni istamoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchisi Adam Lallana kelajagi borasida bir qarorga kelgan. 31 yoshli xavbek "qizillar" bilan yozda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Shu boisdan u o'ziga jamoa izlamoqda.

Hozircha unga "Lester" asosiy da'vogarlik qilmoqda. "Tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojers sobiq futbolchisi bilan yana birga ishlash niyatida.

Lallana ushbu mavsumda jamoaning asosiy tarkibi futbolchisi hisoblanmayapti. Uning hisobida APLning 14 o'yini, 1 gol va 1 assistentlik bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph