

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda LaLiga "Barselona"ning Messini qaytarish bo'yicha iqtisodiy rejasini rad etadi. Kataloniya klubi Messi yoki biror boshqa futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun LaLigadan ruxsat olishi lozim.
Oldinroq, agar LaLiga birinchi rejani rad etsa, Kataloniya klubi navbatdagi rejani taqdim etishi aytilgan edi.
Leo hozircha bor e'tiborini PSJga qaratgan. U voqealar qanday rivoj olishini kuzatmoqchi. PSJ hamda Messi o'rtasidagi yangi bitim bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan.
Ma'lum bo'lishicha, ayni damda argentinalikda PSJ, "Al Hilol" va "Inter Mayami"dan takliflar bor.



