"Lacio" futbolchisi La Liga klubi o'yinchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2022, 00:38
Ispan klubi Gonsalo Eskalanteni ijaraga oldi.

"Alaves" klubi 28 yoshli, argentinalik yarimhimoyachi Gonsalo Eskalanteni "Lacio"dan ijaraga olganini rasman e'lon qildi. Kelishuv mavsum yakuniga qadar davom etadi.

Gonsalo Eskalante 2021-2022 yilgi mavsumda "Lacio" safida faqatgina bir marta maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: https://www.deportivoalaves.com/