

Luis Alberto "Lacio" bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar berdi rimliklar rasmiy sayti.
Shartnoma ikki yilga – 2027 yilning yoziga qadar uzaytirildi.
Luis Alberto 2016 yildan beri "Lacio" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Rim klubi safida 271 ta o'yin o'tkazib, 49 ta gol urgan va 70 ta golga assistentlik qilgan. Ispaniyalik futbolchi "Lacio" bilan Italiya Kubogi va ikki marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.


