La Liganing 14-o'rindagi klubi Mourinyuni jamoaga taklif etishga tayyor

Alisher
22 apr 2021, 13:41
"Tottenxem"dan yaqindagina ketgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Special One"ning xizmatlariga "Valensiya" qiziqish bildirmoqda. "Ko'rshapalaklar" joriy mavsum so'nggida Xavi Grasiyani iste'foga chiqarib yuborishmoqchi.

Oldinroq xabar berilganidek, Mourinyuning xizmatlariga Shotlandiyaning "Seltik" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

"Valensiya" Ispaniya chempionatida 32 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda jadvalda 14-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun Football