

22 yoshli Guterres joriy mavsumda "Jirona"ning yetakchi o'yinchilaridan biri bo'lib, 32 o'yinda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachi 2022 yilda "Jirona"ga o'tgan, tovon puli 8 million evroga teng. "Relevo" xodimi Xorxe Pikon fikriga ko'ra, Guterresning "Los-Blankos"ga qaytish ehtimoli yuqori.
"Real"da ikki nafar chap qanot himoyachisi – Ferlan Mendi va Fran Garsiya bo'lsa-da, yozda uchinchi himoyachi ham paydo bo'lishi mumkin.
Shuni takidlash kerakki, Guterres yaqinda yopilgan transfer oynasida "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Bavariya"ga o'tishdan bosh tortgan edi.



