La Liga. “Vilyarreal” “Atletik Bilbao”ga o'z maydonida yutqazib qo'ydi

10 apr 2018, 07:35
Ispaniya chempionatining 31-turi “Vilyarreal” - “Atletik Bilbao” bahsi bilan o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuv 1:3 hisobida “Atletik Bilbao” jamoasi foydasiga hal bo'ldi. Mezbonlar safida Karlos Bakka, mehmonlar safida esa Inigo Kordoba, Inyaki Uilyams, Iker Muniainlar o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishdi.

“Vilyarreal” - “Atletik Bilbao” 1:3

Gollar: 0:1 – 4 Kordoba, 0:2 – 51 Inyaki Uilyams, 1:2 – 67 Bakka, 1:3 – 87 Muniain.

“Vilyarreal”: Asenxo, Rukavina, Bonera (Pau Torres, 46), Alvaro Gonsales, Kosta, Rodri Ernandes, Xavi Fuego, Trigeros (Cheryshev, 61), Fornals (Soriano, 9), Unal, Bakka.

Atletik”: Arrisabalaga, De Markos, Nunes, Martines, Balensiaga (Inigo Lekue, 62), San Xose, Iturraspe, Susaeta (Muniain, 76), Raul Garsiya, Kordoba (Mikel Riko, 90), Inyaki Uilyams.

Ogohlantirishlar: Bonera (38), Martines (41), Bakka (45), Nunes (45), Alvaro Gonsales (64), Iturraspe (67), Arrisabalaga (74), De Markos (81), Asenxo (87).

Chetlatish: Alvaro Gonsales (89).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia