La Liga. Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
10 okt 2020, 20:35
Ushbu nom uchun 7 futbolchi da'vogarlik qilgandi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, “Barselona”ning 17 yoshli iqtidorli o'yinchisi Ansu Fati g'oliblikni qo'lga kiritdi. U chempionatda 2 o'yinda 3 ta gol urishga erishdi.

Fati Luis Suares (“Atletiko”), Yago Aspas (“Selta”), Serxio Kanales (“Betis”), Mikel Merino (“Real Sosedad”), Xose Luis Morales (“Levante”) va Luis Milya (“Granada”) kabi nomzodlarni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Liga