La Liga. "Real" Zidan boshchiligida birinchi marta qatorasiga 3 ta o'yinda gol o'tkazib yubormadi

29 sen 2019, 07:50
La Liga 7-turida "Real" safarda "Atletiko" bilan durang (0:0) o'ynadi.

Ushbu o'yindagi quruq hisob evaziga, "qaymoqrangliklar" Ispaniya chempionatining ketma-ket 3 ta o'yinda gol o'tkazib yuborishmadi ("Sevilya" 1:0, "Osasuna" 2:0).

Bu holat Zinedin Zidan boshqaruvida birinchi marta sodir bo'ldi. La Liganing 7 turidan keyin, "Real" 15 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/OptaJose