​La Liga. “Real Madrid” safarda “Espanol”ni taslim qildi

28 yanv 2019, 07:15
La Liganing 21-turi doirasida Santyago Solari shogirdlari safarda “Espanol” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda Madrid klubi 4:2 hisobida g'alaba qozondi. “Real” safida Karim Benzema dublga erishgan bo'lsa, Serxio Ramos va Garet Beyl bittadan gol urdi. Mezbonlar tarkibida esa Leo Baptistao va Roberto Rosales gol kiritdi.

“Espanol”-“Real Madrid” 2:4
Gollar: 0:1 - 4 Benzema, 0:2 - 15 Ramos, 1:2 - 25 Baptistao, 1:3 - 45 Benzema, 1:4 - 67 Beyl, 2:4 - 81 Rosales.
“Espanol”: Lopes, Lyuis Lopes, Vila (Rosales, 64), Lopes, Ermoso, Darder (Melendo, 75), Mark Roka, Aleks Lopes, Garsiya, Iglesias, Baptistao (Pyatti, 71).
“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos (Nacho, 46), Kroos, Kazemiro, Vaskes, Modrich (Marselo, 76), Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.
Ogohlantirishar: Roka (7), Ramos (15), Garsiya (34), Karvaxal (81), Lopes (85), Nacho (88), Kurtua (90).
Chetlatish: Varan (72).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia