

O'sha bellashuvda “Barselona” futbolchilari tomonidan yo'llangan zarbadan keyin to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan bo'lsada, hakamlar o'sha vaziyatni ko'rmay qolishdi va gol inobatga olinmadi. Shu sababda La Liga rahbaridan nima sababdan Ispaniyada boshqa mamlakatlardagi kabi to'pni darvozaga kirishini aniqlaydigan avtomatik tizimdan foydalanilmasligi haqida so'raldi.
“La Ligada golni aniqlash texnologiyasidan foydalanish? Bu juda katta pul turadi”, deydi Xaver Tebas.


