

Mezbonlar safida Sanabriya va Rivera to'p kiritgan bo'lsa, mehmonlardan David Ferreyro javob goliga mualliflik qildi.
Bu bilan “Ueska” joriy mavsumdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi. Ushbu g'alabaga qaramay ular ayni paytda 11 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borishmoqda. “Betis” esa (26 ochko) oltinchi pog'onani band etgan.



