La Liga. 24-turning ilk o'yinida 4 ta gol urildi

16 fev 2019, 08:01
La Liganing 24-turi boshlandi.

Ilk o'yinda “Eybar” o'z uyida “Xetafe”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. “Xetafe” Mata va Fulkening gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Biroq Sharlesning dubli mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Eybar” – “Xetafe” 2:2

Gollar: 0:1 – 37 Mata, 0:2 – 52 Fulke, 1:2 – 67, penalti Sharles, 2:2 – 80 Sharles.

Eybar – Riesgo, Penya, Paulu Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel (Kardona, 82), Orelyana, Jordan (Eskalante, 61), Diop, Kukurelya, Enrik (Kike, 61), Sharles.

Xetafe – Soriya, Suares, Dakonam, Kabrera, Antunesh, Fulke, Maksimovich, Flamini (Kristoforo, 83), Olivera (Mikel, 90), Anxel (Molina, 73), Mata.

Ogohlantirishlar: Dakonam (44), Maksimovich (66), Diop (78), Kukurelya (90).



O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia