KXDR yetakchisi mamlakatda Premer-liga o'yinlari translyatsiya qilinishiga rozi, ammo...

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025, 14:26
KXDR yetakchisi Kim Chen In APL uchrashuvlari translyatsiyasiga rozilik berdi, faqat qatiy shartlar asosida.

Bu haqda "Sporf" xabar bermoqda.

1. Uchrashuvlar jonli efirda uzatilmaydi va efirga chiqishdan oldin tahrir qilinadi.

2. Har bir o'yin to'liq 90 daqiqa o'rniga 60 daqiqagacha qisqartiriladi.

3. Stadionda ko'rinadigan barcha inglizcha matnlar koreys grafikasi bilan berkitiladi.

4. Janubiy koreyalik futbolchilar ishtirokidagi har qanday lavha olib tashlanadi, jumladan:

- Son Xyon Min ("Tottenxem");

- Kim Ji Su ("Brentford");

- Xvan Xi Chan ("Vulverxempton").

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sporf