Kutilmagan yangilik: APLda qishki tanaffus paydo bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 14:51
Angliya Premer-ligasi rahbariyati agar telehuquqlar borasida kelishib olishsa, ligada qishki tanaffus bo'lishi mumkin.

Murabbiylarning davomiy etirozlari tufayli ushbu muammo ko'rib chiqiladi. Oldinroq, Angliya Premer-ligasining yetakchi klublari bosh murabbiylari qishdagi zich taqvimdan nolishgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, qaror 2019/20 mavsumdan so'ng qabul qilinadi, chunki telehuquqlar shartnomasi aynan o'sha mavsumda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC