Kutilgan xabar: Sluckiy "Vittes"dan ketdi

Alisher
30 noya 2019
"Vittes" bosh murabbiyi Leonid Sluckiy "Xerenven"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng klubdan ketdi.

"Men Gollandiyani, muxlislarni va hamma-hammasini sog'inib qolaman. Endi bu yuragimning bir qismi bo'lib qoladi", - deydi Sluckiy.

"Vitess" ketma-ket 4-o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa 15 turdan so'ng 23 ochko jamg'argan 7-o'rinni egallab turibdi.

Sluckiy "Vitess"ni 2018 yilning yozidan buyon boshqarayotgan edi. O'tgan mavsum rossiyalik qo'l ostida jamoa chempionatda 5-o'rinni egalladi. Ammo, Yevropa ligasi uchun bo'lgan pley-off o'yinida "Utrext"ga imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o'tamiz, Sluckiy bundan oldin 2017 yilda "Xall Siti"da ishlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mijnvitesse