Kurtua: "G'alabali seriyani hisobga olsak, "Chelsi" kutilganidan yaxshiroq o'ynayapti"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 15:18
"Chelsi" posboni Tibo Kurtua "Tottenxem"ga qarshi APLning 20-tur uchrashuvidan oldin jamoaning o'yini haqida to'xtaldi.

"Bu o'yin ham muhim. Mavsum omadli o'tmoqda. "Tottenxem"ga qarshi bahs oson bo'lmaydi. Keyin "Lester" mehmoni bo'lamiz. Bu qiyin bahslar. Himoyaga ko'proq e'tibor beradigan raqiblarga qarshi jiddiy kurashish kerak. Buni "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda bajardik.

G'alabali seriyani hisobga olsak, hozircha "Chelsi" kutilganidan yaxshiroq o'ynayapti. O'tgan mavsumda hozirgidan ochkolarimiz kam edi. Ammo bugun chempion bo'lgan yilimizdan ko'ra ochkolar ko'p. Bu jamoa yaxshi o'ynayotganidan dalolat beradi" - deydi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal