

"Bunday savollarga javob berish juda qiyin, hozirda darvozabonlarning darajasi juda yuqori. Yan Oblak, Alisson Beker, Mark-Andre ter Shtegen. Manuel Noyer hali ham yuqori daraja ko'rsatmoqda. Shuningdek afsonani ham unutmaymiz - Janluiji Buffon", - deydi belgiyalik darvozabon.
Eslatib o'tamiz, Kurtua 2018 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi.
Tibo joriy mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, ularning 12tasida "quruq" o'yin o'tkazdi.



