Kun FAKTI!!! Futbol tarixidagi "Eng tez avtogol sohibi"ni bilasizmi?

Omonjon To`xtamirzayev
5 yanv 2016, 17:47
Loyihamizning beshinchi sonini e'tiboringizga taqdim etamiz.

Futbolda - raqibidan ko'proq gol kiritgan jamoa g'alaba qozonadi, buni barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin ko'p urganda ham, o'sha gollarni raqib darvozasiga kiritish lozimligini ham yodda tutish zarur! Lekin bugungi qaxramonimizga bu to'g'risida eslatishmagan ko'rinadi.  

O'tgan asrning 60 yillarida Italiyaning "Breshia" jamoasi sharafini himoya qilgan Macciani taniysizmi? Uning (anti)rekordchi ekanligini-chi? Ha, aynan shunaqa. "Mantova" klubiga qarshi o'yinda himoyachining "omadi chopadi". U o'yinning 38-soniyasida gol uradi. Ammo, lekin, biroq... Bu o'z darvozasiga urilgan gol edi. Bu harakati tufayli Maccia "Eng tez avtogol sohibi" sifatida futbol tarixidan o'rin olgan.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia