Kuman: "Barselona" navbatdagi o'yinlarda yutishi shart"

Mirjalol Normatov
15 dek 2020, 22:58
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi.

"Umuman olganda men jamoaning natijalaridan unchalik mamnun emasman. Biz kerak bo'lmagan joylarda juda ko'p ochko yo'qotdik. Ayni damda jamoaning o'yinlarini kuchaytirishga e'tibor qaratganmiz.

So'nggi o'yin qiyin o'tdi va ajoyib natijaga erishdik. Ha, ayrim vaziyatlarda bizga nimalardir yetishmadi, biroq jamoaning darajasi juda yuqori.

Qanday holatda ekanligimizni tushunib turibmiz. Oldimizdagi barcha o'yinlarda g'alabaga erishishimiz kerak. Ertangi o'yinda esa biz xarakterimizning qanday ekanligini ko'rsata olamiz", - dedi Kuman.

Ertaga "Barselona" tunda "Real Sosedad"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal