Kuman "Barsa" qaysi chiziqni kuchaytirishi lozimligini aytdi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2021, 23:04
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Alaves" bilan Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvidan oldin klub qishki transfer oynasida himoyachi sotib olmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

"Menimcha, biz kuchayishga muhtoj edik. Bu sodir bo'lmadi, demak, o'zimizda mavjud resurslar bilan davom etishimiz kerak.

Shuni aytishim kerakki, jarohatlar tufayli bizga transfer juda zarur edi. Dest, Arauxo, Pikening safdan chiqqani bois bizga o'yinchi yetishmay qoldi.

Himoyada oqsayapmiz, ko'plab jarohatlar sabab himoyamizda katta muammo chiqdi", – deya Kumanning so'zlarini keltirdi Diario Sport.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Alaves" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport