Kulibali "Napoli"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor

Alisher
18 iyun 2022, 14:33
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini italyan jamoasida davom ettirishni xohlaydi.

30 yoshli senegallik neapolliklar safidan ketmoqchi emas. Kulibali "Napoli"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. U jamoa sardori bo'lmoqchi va faoliyatini o'sha yerda yakunlamoqchi.

Kulibalining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. O'yinchiga "Barselona" va "Sevilya" qiziqmoqda.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker