Kuarejma: "Gol urganimdan xursandman, ammo natija haqida bunday deya olmayman"

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 17:12
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rikardu Kuarejma Meksikaga qarshi bo'lib o'tgan Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Gol urganimdan xursandman, ammo natija haqida bunday deya olmayman. Biz bahsni yutib ketish uchun etarlicha vaziyat bo'ldi.

Terma jamoamizda yosh va iqtidorli futbolchilar ko'p. Jamoadagi atmosfera ajoyib.

O'zimni yaxshi his qilyapman. Bosh murabbiyga katta rahmat. U menga ishonch bag'ishladi" - deydi Kuarejma.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com