Kuarejma turk klubini tark etdi

Portugaliyalik Rikardu Kuarejma "Qosimposho" klubini tark etdi. Bu haqida turk klubi matbuot xizmati xabar qildi.

36 yoshli futbolchi "Qosimposho" tarkibiga o'tgan yilning yozida qo'shilgan edi. U 2019/20 yilgi mavsumda 27 o'yin o'tkazib, 4 ta golga mualliflik qildi. "Qosimposho" esa Turkiya Superligasi yakunida 10-o'rinni egalladi.

Eslatib o'tamiz, Kuarejma faoliyati davomida "Sporting", "Barselona", "Portu", "Inter", "Chelsi", "Al Axli" va "Beshiktosh" jamoalarida ham o'ynagan.


Manba: twitter.com/kasimpasa