Kruiffning sobiq yordamchisi: "Messi, Neymar va Suares birga o'ynay olishadi"
Aslanov Jasurbek
19 sen 2014, 14:39
"Barselona"da Kruiffning yordamchisi bo'lgan Toni Bruyns Slot, Lionel Messi, Neymar va Luis Suares birga maydonga chiqa olishi haqida gapirib o'tdi.
"O'ylashimcha, bu uch futbolchi maydonda bir-biriga mos. Ular turib qolishmaydi va doimo harakatda bo'lishadi. Ulardan boshqa kuchliroq hujum chizig'ini topish qiyin" - deydi Slot.