Kroos: "Real"da yana ikki yil o'ynayman"

Sherzod Nurmatov
29 may 2022, 19:45
Yarim himoyachi Toni Kroos yana ikki yil "Real Madrid"da qolishini aytdi.

32 yoshli germaniyalik futbolchining fikricha, u faoliyatini Madrid klubida davom ettiradi.

"Real"da yana ikki yil o'ynayman", – degan Kroos jurnalist Fabricio Romanoga.

Kross 2021/22 yilgi mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kecha, 28 may kuni “Real Madrid” Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, musobaqaning 14 karra g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano