Kroos: "O'zing himoya qilgan jamoaga qarshi bahslar doimo o'zgacha bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2018, 13:56
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"O'zing 6-7 yil himoya qilgan klubga qarshi o'yinlar doimo o'zgacha o'tadi. Birga o'ynagan yoki hozir terma jamoada faoliyatini davom ettirayotgan yigitlar bilan ko'rishib turaman.

O'zim ham Yupp Xaynkes qo'l ostida ishlaganman va u yuqori saviyali murabbiy ekanligini bilaman. U qaytganida jamoada o'zgarish yuz berdi. Uning "Bavariya"ga qaytishidan so'ng futbolchilar yanada yaxshi o'ynay boshlashdi. O'tgan mavsumdagi chorak final yodimda. O'shanda g'olib bo'lgan edik. Ko'ramiz, bu yil nima bo'lar ekan" - deydi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA