Kroos jarohatidan tiklanish jarayoni haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 18:53
"Real" xavbeki Toni Kroos jarohatidan tuzalish jarayoni haqida ma'lumot berdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 31 avgust kuni jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Unda oyoq mushaklarining jiddiy shikastlanishi kuzatilgandi.

"O'zimni yaxshiroq his qilyapman, biroq og'riqsiz o'tgan on yo'q. Hozircha qachon qaytishimni bilmayman, biroq shu kunni yaqinlashtirish uchun ko'p mehnat qilyapman", - dedi Kroos.

O'tgan mavsumda Kroos LaLiganing 28 o'yinida qatnashib, 3 gol va 10 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal