Kroos Yevropa chempionatlari tarixida aniq uzatmalar bo'yicha ajoyib natija ko'rsatdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2024, 12:45
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Evro-2024 2-turi doirasidagi Vengriyaga qarshi (2:0) uchrashuvda 124 ta aniq uzatmani amalga oshirdi.

Bu ko'rsatkich Yevropa chempionatlari tarixidagi ikkinchi natija bo'ldi. Faqatgina Xavi 2012 yil Irlandiyaga qarshi o'yinda (127 ta aniq uzatma) Kroosdan yaxshiroq natija ko'rsata olgan. E'tiborli jihati germaniyalik xavbek to'pni 56 bor oldindagi sheriklariga yo'llagan, Xavi esa – 20.

Shuningdek, Kroosning 124 uzatmasidan 47 tasi chiziqlar orasiga (line-breaking passes) bo'lgan – futbolchi Shotlandiyaga qarshi bahsda o'zi qayd etgan, hozircha Evro-2024ning eng yaxshi ko'rsatkichi bo'lgan (30), natijasidan ancha o'zib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta Sports