

"Zidan aniq ko'rsatmalar beradi, ammo u bizga o'qituvchidek murojaat qilmaydi, tepadan pastga qaramaydi. Zinedin Levga o'xshaydi, chunki ular futbol bilan yashashadi.
Chempionlar ligasi final bahsi oldidan asabiylashayotganim yo'q, chunki bunday katta o'yinlarda ishtirok etganman. Eng yirik klub - "Real" - eng asosiy sovrinni qo'lga kiritishi kerak" - deydi Kroos.



