Kroos: "Birinchi va uchinchi golda raqiblarga yaxshigina yordam berdik"

Mirjalol Normatov
14 okt 2020, 12:14
Germaniya termasi yarim himoyachisi Toni Kroos Millatlar ligasi doirasida Shveytsariyaga qarshi o'yin haqida gapirdi.

Uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi.

"Mudofaa chizig'i - doimo jamoaviy bo'lishi kerak. Bugun esa biz birinchi va uchinchi gollarda raqiblarga yaxshigina yordam berib yubordik.

Shundan keyin yaxshi o'yin ko'rsata boshladik. Umuman olganda o'yinimiz yomon ko'rinmadi. Lekin durangdan mamnun emasman", - dedi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal