Kristian Abbyatti: “Milan” ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi”

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 16:48
“Milan” klubi darvozaboni Kristian Abbyatti, Italiya chempionati 5-turidan o'rin olgan “Bolonya”ga qarshi o'yinda (3:3), jamoadoshlarining ko'p vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yganliklaridan nolidi.

- “Milan” ko'plab vaziyatlardan foydalanmadi. Raqib bo'lsa xatolarimiz uchun bizni jazoladi. O'sha paytda o'yinni davom ettirishdan boshqa ilojimiz yo'q edi. Albatta, biz mavsumni yaxshi boshlamadik, biroq oldinda bizlarni juda ko'p o'yinlar kutib turibdi, - Abbyatining so'zlarini keltiradi "Football Italia".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net