Kristensen "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2022, 00:42
Kataloniyalik jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, dushanba kuni Andreas Kristensen "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan.

Tomonlar allaqachon kelishuvga erishganlar. Futbolchi vakillari kelasi hafta kelishuv shartlarini to'liq amalga oshirish uchun Kataloniyaga boradi.

Kristensenning “Chelsi” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. U hozirgi jamoasi bilan kelishuvga erisha olmagan bo'lsa-da, "ko'k-anorranglilar"ni hurmat qilgani uchun Premer-liga klublarining takliflarini rad etdi.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda "ko'klar" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario Sport