

Kecha Oliver Glasner jamoasi Konferenciyalar ligasida "Dinamo Kiev"ni 2:0 hisobida mag'lub qildi. Shanba kuni London klubi "Liverpul"ni 2:1 hisobida dog'da qoldirib, ilk marta APLning dastlabki 6 turida mag'lub bo'lmadi.
"Pelas" ayni damda 12 ochko to'plagan holda liga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni jamoa APL 7-turida "Everton" maydoniga safar uyushtiradi.



