

Bu haqda UEFA ma'lum qildi. "Kristal Pelas" Angliya kubogidagi g'alabasi tufayli Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi, biroq klubning asosiy akciyadori Jon Tekstor "Lion"ning nazorat paketiga egalik qiladi. "Lion" ham turnirga yo'llanma olgandi.
UEFA qoidalariga ko'ra, bir xil mulkdorga ega klublar bir xil turnirda ishtirok etishi taqiqlanadi. Shu sababli Tekstor "Kristal Pelas"ning 43 foizlik ulushini "Nyu-York Jets" egasi Vudi Jonsonga 190 million funt sterlingga sotishga majbur bo'ldi.
Biroq, UEFA tekshiruvidan so'ng "Pelas"ni Yevropa Ligasi musobaqasiga qo'ymaslikka qaror qildi, chunki 1 mart holatiga ko'ra, klub egasi hali o'zgarmagan edi. Shu bilan birga, jamoaga Konferenciyalar Ligasida ishtirok etishga ruxsat berildi. "Lion" klubi esa Yevropa ligasida ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
Xabar qilinishicha, hozirda klublarda bu qaror bo'yicha appelyaciya berish huquqi mavjud. Agar UEFA "Kristal Pelas"ni Yevropa Ligasidan chetlatish to'g'risida yakuniy qaror qabul qilsa, bo'sh qolgan o'rinni dastlab Konferenciyalar Ligasiga chiqqan "Nottingem Forest" egallashi kutilmoqda.



