"Kristal Pelas" 11ta o'yindan beri g'alaba qozonmayapti

Aslanov Jasurbek
12 mar 2023, 02:24
"Kristal Pelas"ning g'alabasiz seriyasi 11ta bahsga etdi.

Patrik Vieyra shogirdlari 11 mart kuni "Manchester Siti"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Shunday qilib, "Kristal Pelas" barcha turnirlarda so'nggi 11ta bahsda g'alaba qozonmadi - 6ta mag'lubiyat, 5ta durang.

London klubi ayni damda APL jadvalida 27 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal