Krishtianu Ronaldu: "Sulsher - ajoyib inson. Omad, do'stim, sen bunga loyiqsan!"

Alisher
22 noya 2021, 17:38
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning iste'foga chiqarilganiga o'z munosabatini bildirdi.

"U ilk bor "Old Trafford"ga kelganimda hujumdagi sherigim bo'lgandi va "Manchester Yunayted"ga qaytganimdan buyon murabbiyim bo'ldi.

Ammo, birinchi navbatda, Ole - ajoyib inson. Hayot unga nima tayyorlagan bo'lsa ham, unga eng yaxshi tilaklarni tilayman.

Omad, do'stim! Sen bunga loyiqsan!, - deb yozdi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano