Krishtianu Ronaldu, Riberi va Messi Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga asosiy nomzodlar

7 avg 2013, 00:58
Lionel Messi, Frank Riberi va Krishtianu Ronaldu UEFA versiyasi bo'yicha Yevropaning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrini qo'lga kiritish uchun asosiy nomzodlarga aylanishdi.
Ular jurnalistlar orasida o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ochkolarni qo'lga kiritishgan. Ovoz beringning yakunlovchi bosqichi 29 avgust kuni o'tkaziladi va unda Yevropaning eng kuchli futbolchisi nomi e'lon qilinadi. Ushbu tadbir Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanganida o'tkaziladi.

O'sha kuni Monakoda jurnalistlar to'g'ridan to'g'ri efirda mana shu uchta nomzodga ovoz berishadi. 4-o'rindan 10-o'ringacha bo'lganlar aniqlanib bo'lingan. 

4. Robert Levandovskiy (Borussiya Dortmund) – 80 ochkov

5. Aren Robben (Bavariya) – 55

6. Tomas Myuller (Bavariya) – 51

7. Garet Beyl (Tottenxem) – 48

8. Bastian Shvaynshtayger (Bavariya) – 34

9. Zlatan Ibragimovich (Pari Sen-Jermen) – 27

10. Robin van Persi (Manchester Yunayted) – 24


Manba: sports.ru