
Bu unga CHL to'purarlari ro'yxatida uchinchi pog'onaga ko'tarilib olish imkoniyatini berdi (57 ta gol).
Portugaliyalik uchinchi pog'onani 56 gol bilan band etib turgan Rud van Nistelroyni quvib o'tdi.
Krishtianu Ronaldun endilikda faqatgina "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan (63 gol) va "Real"ning sobiq hujumchisi Rauldan (71) ortda qolmoqda.
Bundan tashqari, "zambarak" CHLning uch uchrashuvida etti gol urishga muvaffaq bo'ldi va "Milan"ning sobiq hujumchisi Filippo Indzagining 2002/03 mavsumidagi natijasini takrorladi.