Kovachich "Real"ga qaytmoqchi emas, ammo "Chelsi" uni sotib ololmaydi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019
"Chelsi" tomonidan ijaraga olingan "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich Madrid klubiga qaytmoqchi emas.

24 yoshli xavbek faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi.

Ammo "Chelsi" Kovachichni xarid qila olmaydi, chunki FIFA klubga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ygan.

Kovachichga APLning bir nechta boshqa klublari va "Inter" qiziqish bildirmoqda.

Xorvatiyalik joriy mavsum Angliya chempionatining 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca