Kovach Boateng borasida so'nggi qarorni chiqarib bo'lgan

Mirjalol Normatov
19 avg 2018, 10:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach himoyachi Jerom Boateng jamoada qolishini istamoqda.

Oldinroq futbolchining o'zi jamoadan ketmoqchi ekanligi borasida ma'lumotlar berilgandi. Shu boisdan uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lgandi. Keyinchalik germaniyalik PSJ bilan kelishib olgani haqida xabar tarqagandi.

Kovach esa Boatengning xizmatlaridan foydalanmoqchi. Tajribali futbolchi 2011 yildan buyon "Bavariya" tarkibida harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal