Koutino: "Liverpul"ni Qozonda katta o'yin kutib turibdi"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2015, 18:14
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Rubin"ga qarshi uchrashuvdan oldin, bahs haqid fikr bildirdi.

"G'alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Maqsadimiz - guruhdan chiqib, turnirda uzoqroqqa borish. Oldinda katta o'yin kutib turibdi va butun hafta davomida bahsga tayyorlandik.

Kundan-kunga ishonchimiz ortib boryapti. Murabbiy talab qilayotgan narsalar bizga qiyinchilik tug'dirmay qo'ymoqda. Jamoamiz Rossiyada yaxshi o'ynay olishiga umid qilyapman.

Uchrashuv qiyin bo'ladi. Muvaffaqiyatga qozonamiz degan umiddaman" - deydi Koutino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool