Koutino - Yevropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2016, 18:50
Liverpul yarim himoyachisi Filippe Koutino Yevropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga topshiriladigan Samba Foot sovriniga ega bo'ldi.

24 yoshli futbolchi 32,13% ovoz bilan Barselona hujumchisi Neymarni (27,88%) ortda qoldirdi.

Uchinchi o'rinni Real vakili Kazemiro (13,35%) egalladi.

So'rovnomada braziliyalik jurnalistlar, sobiq va hozirgi futbolchilar, muxlislar ishtirok etishdi.

Oldingi ikki yilda bu sovrin Neymarga nasib qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sambafoot.com