Kostaning agenti "Napoli" va "Inter"ga mijozi xizmatlarini taklif qildi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2016, 18:14
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini "Napoli" va "Inter"ga taklif qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte ispaniyalikka ishonch bildirmayapti. Kosta "Napoli"da "Yuventus"ga o'tgan Gonsalo Iguain o'rnini, "Inter"da esa jamoani tark etishi kutilayotgan Mauro Ikardi o'rnini egallashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset