"Koritiba": "Real" ustidan qozonilgan g'alaba uchun "Valensiya"ga rahmat"

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2015, 10:45
Ketma-ket g'alabalar rekordchisi hisoblangan Braziliyaning "Koritiba" klubi "Real"ning "Valensiya"ga mag'lub bo'lganidan mamnun.

"Koritiba" - rekord g'alabali seriya amalga oshirgan jamoa. "Real" ustidan qozonilgan g'alaba uchun "Valensiya"ga rahmat" - deb yoziladi klub rasmiy "tvitteri"da.

Shunday qilib, rekord kitobi qoidalariga ko'ra, "Koritiba" ketma-ket 24ta g'alabali seriyasi bilan rekordchi bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com