Kontening yuragi durangni ko'tara olmagan

Mirjalol Normatov
27 yanv 2020
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 21-turi doirasida "Kalyari"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin shifokorlar yordamiga muxtoj bo'ldi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuv yakunlanganidan keyin taxikardiya (yurakning kutilganidan ancha tez urishi) kuzatilgan. Murabbiyning yuragi ma'lum bir vaqt ichida 50 emas, 100 bora urgan. Ayni damda murabbiy o'zini yaxshi his qilmoqda.

"Inter" A Seriyada ketma-ket ochko yo'qotishda davom etmoqda. Jamoaning "Yuventus" bilan oradagi farqi 3 ochkoni tashkil qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport