Kontega PSJning ikki futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
11 noya 2019, 20:33
"Inter" o'z tarkibini PSJning ikki futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "neradzurrilar"ga parijliklarning ikki qanot himoyachilari Tomas Mene va Layvin Kurzavalar kerak. Ular o'z klubida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani sababli transfer amalga oshishining ehtimoli juda yuqori.

28 yoshli Mene ushbu mavsumda PSJ tarkibida 10 o'yinda 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. 27 yoshli Kurzava esa 8 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport