Konte "Tottenxem"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini aytdi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2022, 00:52
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning yangi mavsum uchun maqsadlari haqida gapirdi.

"Maqsad - raqobatbardosh jamoa bo'lish. Boshqa jamoalar "Tottenxem"ning o'yinini ko'rib, zavq olishini istayman. Menimcha, jamoam yosh. Ular yana 4-5 mavsum davomida "Tottenxem" tarkibida o'ynay oladi. Biz kelajak uchun poydevor yaratyapmiz. Qadam va qadam rivojlanib, muhimroq bo'lgan narsalar uchun kurashishda davom etamiz", - dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" kelasi mavsumda YCHLda ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal