Konte "Tottenxem"dan ketsa, Manchini bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin

Alisher
30 apr 2022, 17:33
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Agar London klubini Antonio Konte tark etgan taqdirda, 57 yoshli italiyalik "Tottenxem"ning short-listida bor. Ro'yxatda shuningdek "Brayton" ustozi Grem Potterning ham ismi qayd etilgan.

Manchini bunga qadar APLda ishlagan. U "Manchester Siti"ni 2009-2013 yillar davomida boshqargan va Angliya chempioniga aylangan.

Kontening "shporlar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telegraph